Mehnat kodeksini bilasizmi?

Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Fargʻona viloyati Kengashi tomonidan 2022-yil 28-oktyabr kuni qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi mazmun-mohiyatini keng targʻib etish maqsadida “Mehnat kodeksini bilasizmi?” deb nomlangan tanlov oʻtkazildi.
Tanlovda tarmoq kasaba uyushmalari Respublika Kengashlarining viloyat, tuman va shaharlardagi masʼul rahbarlari, viloyat Kengashi apparati xodimlari hamda tashkilotlardagi boshlangʻich kasaba uyushma tashkilotlari raislari qatnashdi.
— Mehnat kodeksining har 25 ta moddasidan tayyorlangan 15 tadan test savollari ijtimoiy tarmoqdagi maxsus guruhda 23 kun davomida eʼlon qilib borildi, — deydi viloyat Kengashi boʻlim mudiri Abror Otaboyev. — Ishtirokchilardan test savollariga 15 daqiqa ichida tezkorlik bilan toʻgʻri javob berish talab etildi. Shu tariqa tanlov jarayonida 375 ta test savoli bazasi yaratilib, yakunda gʻolib boʻlgan 18 nafar ishtirokchi munosib taqdirlandi.
Shuningdek, gʻoliblar ishtirokida super final boʻlib oʻtdi. Unda Toshloq tumani tibbiyot birlashmasi kasaba uyushma qoʻmitasi raisi Faridaxon Mirzaahmedova Mehnat kodeksining eng bilimdoni sifatida eʼtirof etildi.
Tanlov gʻoliblariga Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Fargʻona viloyat Kengashining esdalik sovgʻalari topshirildi.
Botir MADIYOROV “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring