Mediatorlarning kasb etikasi qoidalari tasdiqlandi
Adliya vazirligi Mediatorlarning kasb etikasi qoidalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazdi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Unga koʻra, mediatorlar:
- kasb etikasi qoidalariga rioya qilishi, mediatorlik faoliyatini halol va vijdonan bajarishi, mediatorlarning shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini saqlashi;
- oʻz faoliyatini maxfiylik, ixtiyoriylik, mediatsiya taraflarining hamkorligi va teng huquqliligi, mediatorlarning mustaqilligi va xolisligi prinsiplari asosida amalga oshirishi;
- mediatsiya taraflarining mediatsiya jarayonida teng imkoniyatlarga ega boʻlishini taʼminlashi lozim.
Shuningdek, mediatorlar mediatsiya taraflari bilan munosabatlarda:
- taraflarga mediatsiyaning maqsadi va ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirishi;
- mediatsiyani oʻtkazish tartibi haqida maʼlumot berishi;
- taraflarga kasbiy malakasi va ish tajribasi toʻgʻrisida ishonchli maʼlumot berishi;
- taraflarga nisbatan hurmat va xushmuomalalik koʻrsatishi;
- taraflarni nizoni hal qilishning maqbul variantlarini izlashga undashi;
- muzokaralar natijasini bir tarafning foydasiga koʻzlab ish olib bormasligi lozim.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring