Mebel korxonalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ular uchun chetdan yogʻoch va yogʻoch materiallarini olib kelish yoʻlga qoʻyiladi
Soʻnggi sakkiz yilda Xorazmda mebel sanoati 3 karra oʻsgani taʼkidlandi. Oʻtgan yili 311 ta korxona qariyb 300 milliard soʻmlik mebel ishlab chiqardi. Mebelchilikka ixtisoslashgan 9 ta mahallada 2 mingdan ortiq aholi band.
Xonqadagi 10 gektar yerda “Mebelchilik zonasi” tashkil etildi, 5 ta mahalladagi mebelchilar ushbu zonaga koʻchib oʻtdi. Bu yerda ustoz-shogird amaliyotini yoʻlga qoʻyish boʻyicha 3 qavatli oʻquv binosi ham qurildi.
Mebelchilik maktabi uchun xorijdan dizayner, marketolog, injener-texnolog olib kelish topshirildi.
Mebel korxonalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ular uchun chetdan yogʻoch va yogʻoch materiallarini markazlashgan holda olib kelish yoʻlga qoʻyiladi.
Viloyatda yiliga 16 ming yangi oila paydo boʻlayapti, 7 mingdan ziyod xonadon qurilayapti, yana shunchasi taʼmirdan chiqarilayapti. Shu munosabat bilan mahalliy mebelchilarni yangi qurilayotgan uy egalari va developerlar bilan bogʻlaydigan tizim yaratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring