MDH davlatlari orasida eng yaxshi aeroportlar aniqlandi

18:30 10 Aprel 2025 Dunyo
412 0

Olmaota aeroporti Markaziy Osiyo va MDH davlatlari orasidagi eng yaxshi aeroport deya eʼtirof etildi. Bu haqda “Skytrax World Airport Awards 2025” reytingida eʼlon qilingan.

Roʻyxatda Olmaotadan keyingi oʻrinni Ostona aeroporti egallagan. Olmaotadagi yangi terminal ham alohida eʼtirof etildi. U “Dunyodagi eng yaxshi yangi terminal” deb tan olingan.

Reytingda Toshkent aeroporti 3 oʻrinni band etdi. Shuningdek, Kishinyov, Yerevan, Atirau va Ashxobod ham jadvalga kiritilgan. Bunga qaramasdan, ikkala Qozogʻiston aeroporti kuchli yuztalikka kira olmadi. Ular mintaqaviy mezonlarda yetakchilik qilmoqda.

Taʼkidlash joiz, butun dunyodagi eng yaxshi aeroport Singapurdagi “Changi” boʻldi. U bir necha yildan buyon oʻz oʻrini boshqalarga bermay kelmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер