«Mbappe “Real Madrid” bilan shartnoma imzolab boʻlgan» — “Barselona”ning sobiq prezidenti
Foto: Getty Images
Fransiyaning “PSJ” klubi hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi bilan allaqachon shartnoma imzolab boʻlgan.
Ushbu fikrlarni Ispaniyaning “Barselona” klubining sobiq prezidenti Joan Gasparning aytib oʻtdi.
«Men sizga eksklyuziv maʼlumot bermoqchiman. Kilian allaqachon “Real Madrid” bilan shartnoma imzolagan. Bunga ishonchim komil. Men Florentino Peres (“Real Madrid” klubi prezidenti)ni bilaman. Shuning uchun men bunga ishonchim komil», deydi Gaspar.
Oldinroq Mbappe 2022-yilning yozida Madrid klubi futbolchisiga aylanishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Unga koʻra, “Real Madrid” Fransiyalik futbolchiga yiliga 50 million yevro maosh toʻlaydi va shu tariqa Fransiya terma jamoasi hujumchisi dunyodagi eng koʻp maosh oluvchi futbolchiga aylanadi.
23 yoshli futbolchi joriy mavsumda parijliklar safida Fransiya chempionatida 20 ta oʻyinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 10 ta gol kiritgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Futbolchining transfer narxi 160 million yevroni tashkil qiladi. Mbappening “PSJ” bilan shartnomasi 2022-yilning iyunida yakuniga yetadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring