Mashhur yozuvchilarning asl kasblari haqida eshitganmisiz?

20:18 07 Aprel 2021 Madaniyat
895 0

Mashhur rus yozuvchilarini koʻpchilgimiz yaxshi bilamiz, asarlarini sevib oʻqiganmiz. Ammo ular ijoddan tashqari asl kasblariga ham ega boʻlishgan. Quyida shular haqida qisqacha maʼlumot berib oʻtamiz

Anton CHEXOV

Chexov maktab yoshidan kichik ertaklar, hikoyalar yozishni boshlagan, biroq Taganrog gimnaziyasini bitkazganidan soʻng Moskva Universitetining tibbiyot fakultetiga oʻqishga kiradi (hozirgi Sechenov nomidani MDTU).

Yozuvchi tibbiyot yoʻnalishi boʻyicha Nikolay Sklifosovskiy va Grigoriy Zaxarindan taʼlim olgan. Talabalik paytlarida Voskresenskiy shifoxonasida shifokorlarga yordamchi boʻlib ishlagan.

Mixail BULGAKOV

Mixail Bulgakov butun umri davomida ikkinchi kasbi — shifokorlikni tashlamagan.

Adibda shifokor togʻalarining yaxshi pul ishlab topayotganidan shifokor boʻlmoq istagi paydo boʻladi. Biroq, yozuvchilikdan ham kecholmasligini yaxshi bilgan adib oʻz moliyaviy ahvolini shu orqali oʻnglab olishga urinadi. Lekin shifokorlik unga pullar emas, koʻplab muammolarni keltirgan. Shifokorlik qilgan paytlarida — I jahon urushi vaqtida frontda vrachlik qilib, hatto oʻzi ham urushga safarbar qilingan. Faqat 1921-yilda Dobrovolchesk armiyasi ortga qaytganidan va ogʻir xastalikka yoʻliqqanidan keyingina Bulgakov togʻasining oʻgʻliga maktubida “Men koʻp vaqtdan beri boshlab qoʻygan ishimni toʻrt yilga kechiktirdim — yozishni boshlolmadim”, — deya yozadi.

Aleksandr OSTROVSIY

Ostrovskiy huquqshunos boʻlmagunicha davlat maʼmuri vazifasida ishlagan.

Uning huquqshunos boʻlishini otasi istagan. Ammo Moskva universitetining huquq fakultetiga qabul boshlangan paytda Aleksandrning muammolari yuzaga kelgan. Rim qonunlari fanidan imtihon topshirolmagan yozuvchi universitetni tashlab, bir muddat Sovestniyda soʻngra esa Kommersiya mahkamasida kotib lavozimida ishlaydi. Ayni shu vaqtlarda faollik bilan adabiyotga, yozishga kirishgan.

Mixail LERMONTOV

Mixail Lermontov Sankt-Peterburgga kelganidan keyin oʻqishini ham shu yerdagi universitetga koʻchirishga harakat qiladi. Biroq universitet rahbariyati uning Moskvadagi oliygohda oʻqigan ikki yilini nazarga olmasdan uni qabul qilishdan bosh tortadi. Natijada Lermontov Kavaleriya harbiylarining maktabiga kirishga majbur boʻladi. Orani gusarlik polkining gvardiya korneti rutbasini bitkazgan yozuvchi Kavkazga yuboriladi. Keyinchalik esa isteʼfo olib uyiga qaytmoqni xohlasa-da, buvisining eʼtirozlariga qarshilik qilolmasdan shu yoqda yashashga majbur boʻlgan.

Lev TOLSTOY

Tolstoy bir vaqtning oʻzida ham mashhur yozuvchi, ham mard askar boʻlgan. U ikki yil harbiy vazifasida Kavkazda xizmat qilgan, yogʻiylar bilan bir necha bor urushga chiqqan. Qrim urushi boshlanganidan soʻng Dragon armiyasiga oʻtib, Oltenitsa atrofidagi janglarda, Silistirya urushida ishtirok qilgan. 1854-yilda esa Sevastopolga koʻchib kelgan. Bu shahar mudofaasidagi xizmatlari uchun ustiga “Jasorati uchun” deya yozilgan 4 darajali “Muqaddas Anna” ordeniga, «1854-1855-yillarda Sevastopol mudofafsidagi mardligi uchun» va “1853-1855-yillar urushidagi jasorati uchun” medallariga loyiq koʻrilgan.

Aleksandr KUPRIN

Aleksandrovskiy harbiy dargohining kursanti Aleksandr Kuprin harbiy xizmatni 46-Deneprovskiy piyoda qoʻshinlari polkida poruchik vazifasida boshlagan. Uch yildan soʻng vazifasidan ozod qilingan yozuvchi isteʼfoga chiqadi, ammo 1 jahon urushi boshlanganida qaytadan harbiy xizmatga qaytadi. 1914-yilning noyabrida Kuprin urushga safarbar qilinadi va piyoda qoʻshinlarining komandiri boʻlib Finlandiyaga joʻnatiladi. 1915-yilda esa salomatligidagi baʼzi muammolar sabab qoʻshindan ketishga majbur boʻlgan.

Nikolay DOBROLYUBOV

Nikolay Dobrolyubov adabiyot bilan mashgʻul boʻlsa-da, asosiy kasbi muallimlik edi.

Pedagogika universitetining talabasi oʻlaroq Dobrolyubov taʼlim sohasida karyera yarata olardi, lekin u ijod yoʻlini tanlab, oʻzini adabiy tanqid sohasiga bagʻishlagan. Bu ishda unga pedagog boʻlgani qoʻl kelib oʻz ijodiy materiallari bilan jamiyatni qiynayotgan muammolarni ikki nuqtayi nazardan tahlil qilgan.

Ivan KRILOV

Ivan Krilov kambagʻal oilalarning farzandlariga dars bergan. Buni qarangki, buning asosiy sabablaridan biri yozuvchining oʻzi mashaqqat va moddiy qiyinchiliklar boʻlishiga qaramay tahsil olganidadir. Krilov oʻz bilim va salohiyati tufayli hatto knyaz Sergey Fyodorovich Golitsinning xonadonida til va adabiyot muallimi boʻlib ishlagan.

Nikolay CHERNISHEVSKIY

Chernishevskiyning ixtisosligi pedagog boʻlgan. Falsafa fakultetining tarix va filologiya boʻlimi talabasi boʻlgan yozuvchi muallimlik ishini Saratov gimnaziyasida boshlaydi. U yerda ishlashi unga oʻz inqilobiy gʻoyalarini yoyishda qoʻl kelgan. Turmush qurganidan soʻng esa Sankt-Peterburgga koʻchib oʻtadi va ishlay boshlaydi. Biroq qanchalik kuchli oʻqituvchi boʻlmasin u yerda juda oz muddat faoliyat yuritgan.

Aleksandr GRIBOYEDOV

Aleksandr Griboyedov diplomat va Rossiyaning Erondagi elchisi vazifasida ishlagan.

Yozuvchi bir muddat AQSHdagi Rossiya konsulligida, keyinchalik esa Eronda rus davlati elchisining kotibi boʻlib ishlaydi. 1828-yildagi Turkmanchoy sulhining tuzilishida ishtirok etib, sulh matnini shahsan oʻzi Peterburgga keltiradi. Bundan keyin Erondagi Rossiya elchisi qilib tayinlanadi va u yerda diniy fanatlarning fitnasi bilan qatl qilingan.

Fyodor TYUTCHEV

Tyutchev ham Griboyedov kabi diplomat boʻlgan.

Bu rus shoiri rossiyalik elchi boʻlib biroz vaqt Myunxenda yashagan. Diplomatik faoliyati tugaganidan soʻng esa yurtiga qaytgunicha Yevropa va Rossiya oʻrtasidagi siyosiy muammolar, qarama-qarshi munosabatlar haqida maqolalar yozgan.

Fedor DOSTOYEVSKIY

Muhandislik maktabini bitkazganidan soʻng Dostoyevskiy muhandis-poruchik qismidagi Peterburg muhandis jamoasida faoliyat boshlagan. Biroq bir yildan keyin oʻzini butkul adabiyotga bagʻishlamoq qaroriga kelgan va muhandislik ishini yakunlagan.

Yevgeniy ZAMYATIN

Antiutopiya janriga asos solgan mashhur yozuvchi, Sankt-Peterburg Politexnika universitetini tamomlaganidan keyin Nyukasl, Glazgo va Sanderland davlatlarida rus haykaltaroshlarining tanlovida ishtirok qilish uchun Angliyaga yoʻl oladi va «Muqaddas Aleksandr Nevskiy» haykalini qurgan meʼmorlardan biriga aylanadi.

Tarjimon va toʻplovchi:
Rahmat Bobojon

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?