Mashhur yozuvchi va shoirlar haqida nimalarni bilmaymiz?

00:30 08 Iyun 2021 Madaniyat
688 0

Mashhur yozuvchi va shoirlarning asarlari koʻpchiligimizga yaxshi tanish. Oʻsha asarlar yaralishida ularning hayotiy va ruhiy voqealari ham sabab boʻlganini ham unutmaslik kerak.

Quyidagi maʼlumotlarni oʻqir ekansiz, ularning nafaqat ijodi, balki hayot yoʻli ham gʻayrioddiy va oʻziga xos ekaniga guvoh boʻlasiz.

— Turmush oʻrtogʻi oshxonada oʻz joniga qasd qilishga urinayotgan Ernest Xeminguyeyni koʻradi va kasalxonaga olib boradi. Kasalxonadan chiqqanidan 2 kun oʻtib yozuvchi yana oʻzini oʻldirishga uringan.

— Yozuvchi va shoira Silvya Plat bolalariga tonggi nonushta tayyorlaganidan keyin ular oʻtirgan xonani skotchlaydi va gazni yoqib oʻz joniga qasd qiladi.

— Amerika adabiyotining taniqli namoyandasi Edgar Allan Poning janozasida bor yoʻgʻi toʻrt kishi ishtirok etgan.

— Frans Kafka hech bir romanini tamomlamagan.

— Avstriyalik psixolog Zigmund Freyd kunlarning birida inson ruhi teranliklari haqida eshitishni istab Mark Tvenning seminariga yoʻl oladi. Mark Tven esa seminarda faqatgina bolaligida oʻgʻirlagan kulcha voqeasi haqida gapiradi.

— Mashhur rus yozuvchisi Nikolay Gogol “Oʻlik jonlar” asarining ikkinchi qismini yondirganidan soʻng vafot etadi.

— Argentinalik yozuvchi Xorxe Luis Borxes adabiyotga kirishidan avval qatiq firmalari uchun reklama yozgan.

— Gi de Mopassan Eyfelni yomon koʻrar va tez-tez uni koʻrmaslik uchun Eyfel tepasida tushlik qilardi. Buning sababini «bu yerdan Eyfel koʻrinmaydi», deya izohlardi u.

— Taniqli Amerikalik dramaturg, Nobel mukofoti sohibi Yujin Onil Nyu-Yorkdagi bir mehmonxonada tugʻilib, Bostondagi bir mehmonxonada vafot etgan.

— Gyustav Flober yaqin sharq sayohatidan uyiga bir moʻmiyoning oyogʻini keltirib, yozuv stoli ustiga joylashtiradi. Bu odat oʻsha davrda sayohatga chiqqanlar uchun oʻziga xos anʼana boʻlgan.

— Amerikalik yozuvchi Frensis Fisjerald bir hikoyasini gazetaga 55 ming dollarga (bugungi kurs bilan) sotganidan soʻngra Ernst Xeminguyeyga oʻzini keksa fohisha kabi sezganini haqida maktub yozadi.

— Taniqli chililik shoir Pablo Neruda har doim yashil qalam bilan yozgan.

— Oʻz yurtidan haydalgan yozuvchi va shoir Aleksandr Soljenitsin 20 yildan-da ortiqroq vaqt davomida Angliyada yashasa ham inglizchada ravon gapirishni oʻrgana olmaydi. Qizigʻi shundaki, u yoshligidanoq ingliz tilida kitoblar oʻqigan.

— Nobel mukofotiga sazovori boʻlgan taniqli rus yozuvchisi Ivan Bunin Ikkinchi jahon urushida Janubiy Fransiyada oʻnlab yahudiylarni natsistlardan yashirib, hayotini qutqarib qolgan.

— Mashhur rus yozuvchisi Lev Tolstoy «Tom togʻaning daxmasi» asarini juda yaxshi koʻrar va uni “inson va tangri sevgisidan tugʻilgan eng yaxshi sanʼat namunasi”, deya hisoblardi.

— Amerikalik yozuvchi Jon Steynbekning unga shuhrat keltirgan “Odamlar va sichqonlar” asari qoʻlyozmasini iti yeb yuborgan.

— Artur Rembo 19 yoshida sheʼr yozishni boshlaganida, bor kuchini Afrikadagi quldorchilikka qarshi kurashishga qaratadi.

— Charlz Dikkens gipnoz qilishni bilgan.

— Taniqli yozuvchi Mark Tven insomniya kasalligiga yoʻliqqan edi. Yozuvchi karavotida yotmay, goh bogʻda, gohida esa hammomda uxlab qolardi.

— Jeyn Ostin hech qachon turmushga chiqmagan. Biroq barcha asarlaridagi ayol obrazlari asar soʻngida oila qurib baxtli hayot kechirishgan.

Tarjimon va toʻplovchi:
Rahmat Bobojon

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?