Mashhur turk aktyori Murat Yildirim: “Bunday iste’dodli rejissyorlar va professionallar bilan o‘zbek kinematografiyasi katta muvaffaqiyatlarga erishadi”

Turkiyalik mega yulduz Murat Yildirim o‘zbekistonlik yosh va iqtidorli rejissyor Muxlisi Azizovaning “SCORPION” trillerida suratga tushayotgani haqida xabar bergandik. Shu munosabat bilan u o‘tgan haftani Buxoro viloyatida o‘tkazdi.
Ish grafigining tig‘izligiga qaramay mashhur aktyor o‘z turmush o‘rtog‘i bilan qadimiy shaharning diqqatga sazovor joylarini tomosha qilishga, xalqimiz mehmondo‘stligidan bahramand bo‘lishga ham ulgurdi.
“Birinchi navbatda aytishni istardimki, menga quyoshli O‘zbekiston juda yoqdi. Ayniqsa, Buxoroning tarixiy yodgorliklari katta taassurot qoldirdi”, - dedi ijodkor Toshkentda tashkil etilgan matbuot anjumanida.
Murat Yildirim o‘zbek xalqining mehmonnavozlik fazilatlaridan yaxshi xabardorligi, Turkiyada yashayotgan o‘zbeklar ichida ko‘plab do‘stlari borligini e’tirof etdi.
Yana “O‘zbekistonda “Osiyo” teleserialini katta qiziqish bilan ko‘rishgani meni hayratga soldi va bu yerda kaminani hamma bilar ekan”, - deya qayd etdi u.
Ayni chog‘da “Scorpion” filmida suratga tushishga bajonidil rozi bo‘lganini mamnuniyat bilan ta’kidlab o‘tdi.
“Menga ijodiy guruh, sheriklar va albatta, ssenariy juda yoqdi. Biz Muxlisa bilan til topishdik. Asllikni yo‘qotmaslik uchun kamroq dubllar qilishga intildik”, - dedi u.
Murat Yildirim, shuningdek, Muxlisa Azizova yosh bo‘lishiga qaramay o‘zining suratga olish guruhini mahorat bilan boshqargani, har bir detalga alohida e’tibor qaratganiga to‘xtalib o‘tdi.
“Uning harakatchanligi, maqsad sari intilishi va qat’iyligi olqishga sazovor. Bunday iste’dodli rejissyorlar va professionallar bilan o‘zbek kinematografiyasi katta muvaffaqiyatlarga erishadi”, - deya qayd etdi turk aktyori.
Eslatib o‘tamiz, “Scorpion” trilleri Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, “O‘zbekkino” Milliy agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Kinematografiyani rivojlantirish markazining qo‘shma qarori asosida suratga olinmoqda.
Tasvirga tushirish ishlari Toshkent va Buxoroda nihoyasiga yetdi. Endi ijodiy guruh Rossiya va Marokashga jo‘nab ketadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring