Mashhur murabbiy kutilmaganda Fransiyaga yoʻl oldi
Italiyalik mashhur murabbiy Roberto De Dzerbi Fransiya klubi bilan kelishuvga erishgan. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.
“Liga 1” ishtirokchisi “Marsel” klubi Roberto De Dzerbini fransiyalik murabbiy Jan-Lui Gassening oʻrniga tayinlashga qaror qilgan. “Brayton”ni boshqargan De Dzerbi qisqa muddatli faoliyati davomida koʻplab katta klublarning qiziqish doirasida edi.
Italiyalik oʻtgan mavsum oxirida “Brayton”ni tark etdi. Klub bilan koʻrsatgan natijasi ham yomon emas: ligada oltinchi oʻrin va bu Yevropaning klublar oʻrtasidagi yangi formatdagi turniriga yoʻllama beradi.
U Premyer-liganing “Manchester Yunayted” va “Liverpul” klublarida turli lavozimlarda, Ukrainaning “Shaxtyor” va Italiyaning “Sassuolo” klublarida esa murabbiy sifatida ishlagan.
45 yoshli italiyalik mutaxassis “Marsel”ning darajasini shonli tarixdagiday qilishiga umid bildirilmoqda. Maʼlumki, Jan-Lui Gasse fevral oyida Jennaro Gattuzo ketganidan keyin vaqtinchalik lavozimni egallagan edi.
Aytish mumkinki, Roberto De Dzerbiga “Milan”, “Barselona”, “Bavariya”, “Chelsi” va “Manchester Yunayted” kabi katta klublar qiziqish bildirishga edi, ammo bu muzokaralar uzoq davom etmagandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring