Mashhur hind aktyori Rishi Kapur vafot etdi
Arxiv surat
Bollivud aktyori Rishi Kapur 68 yoshida Mumbaydagi klinikada vafot etdi. NDTV telekanalining xabar berishicha, aktyor oʻlimining sababi saratondir.
Rishi Kapur - aktyor va rejissor Raj Kapurning oʻgʻli. U bu oilaning soʻnggi yulduzi deb hisoblanadi.
Oilada Chintu deb atalgan Rishi Kapurning birinchi jiddiy roli otasining “Mening ismim masharaboz” (Mera Naam Joker, 1970) filmida oʻynalgan. Yosh aktyor uchun ilk muvaffaqiyat otasi Raj Kapur rejissyorligidagi “Bobbi” (Bobbi, 1973) filmidagi roli hisoblanadi. Oʻshanda Rishi Hindistonda yil aktyori deb tan olingan.
Rishi Kapur “Qasoskor” (Barood, 1976), “Amar, Akbar, Antoni” (Amar, Akbar, Antoni, 1977) kabi oʻnlab filmlarda rol oʻynagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring