Mashhur bastakor Ennio Morrikone 91 yoshida vafot etdi
Italiyalik mashhur kompozitor Ennio Morrikone 91 yoshida vafot etdi. Manbalarga koʻra, kompozitor sal avval son suyagini sindirib olgan edi.
Kinematografiya olamida oʻz kompozitsiyalari bilan alohida oʻringa ega Morrikone hayoti davomida filmlar uchun yuzlab musiqalar yaratgan. Hozirgacha barcha tomonidan sevib tomosha qilinadigan “Bir necha dollarga koʻproq”, “Jahldor, yomon va yaxshi” kabi filmlarning musiqasini aynan u yaratgan.
Gollivuddagi faoliyatidan soʻng, Morrikone kinematografistlarni tanqid qilib oʻz kitobini nashrdan chiqardi. Uning fikricha, koʻplab rejissyorlar musiqaning kuchini anglamaydi, saundtrekka esa “orqa fondagi narsa” deya qaraydi.
1960-yildan beri musiqachi 450dan ortiq filmlarga kompozitsiya yozib bergan.
Morrikonening fikricha, musiqalarga boʻlgan “standart” yondashuv sabab oxirgi yillarda musiqa oʻz sehrini yoʻqotgan, shu sababli oʻtgan asrning filmlaridaqa musiqalar boshqa yaratilmayapti
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring