Mart oyida qanday ob-havoga guvoh boʻlamiz?

18:41 27 Fevral 2026 Jamiyat
955 0

Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”

“Oʻzgidromet” joriy yilning mart oyi davomida kuzatiladigan ob-havo prognozlarini eʼlon qildi. Unga koʻra, ushbu oy boshida iqlim bahoriy beqaror boʻlishi kutilmoqda.

Bahorning birinchi kunida koʻpchilik viloyatlarda havo harorati 12-17 daraja iliq boʻlgan quruq ob-havo boʻladi. 2-mart kuni Oʻzbekiston hududiga janubi-gʻarbdan nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi. Respublika boʻyicha yomgʻir yogʻadi, togʻli hududlarda yomgʻir va qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik kuzatiladi.

Keyinchalik, oyning birinchi oʻn kunligi oxirigacha yogʻingarchilik davriy boʻlib, tekislik hududlarda tanaffus bilan yomgʻir yogʻadi, yogʻingarchilik togʻlarda yomgʻir va qor koʻrinishida boʻladi. Bu davrda havo harorati 10-15 daraja iliq atrofida boʻlishi kutilmoqda (bu iqlim meʼyoriga mosdir), ayrim kunlarda 6-9 daraja iliqqacha pasayishi mumkin.

Mart oyining ikkinchi va uchinchi oʻn kunliklarida harorat kechalari 3-8 daraja iliqdan 8-13 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 12-17 daraja iliqdan 23-28 daraja iliqqacha oʻzgarib turishi kutilmoqda. Harorat pasayishi davrlari qisqa boʻladi, isish davrlari esa — davomiy boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?