Markaziy va Sharqiy Yevropani suv bosdi
“Boris” toʻfoni tufayli Markaziy va Sharqiy Yevropada halok boʻlganlar soni oshib bormoqda. Hozirgacha suv toshqinlari oqibatida 8 kishi halok boʻlgani maʼlum.
Yakshanba kuni Polshaning janubi-gʻarbiy qismida bir kishi choʻkib ketdi. Avstriyada qutqaruv ishlarida qatnashayotgan oʻt oʻchiruvchi halok boʻlgan. Hukumat Vena atrofidagi provinsiyani falokat hududi deb eʼlon qildi. Dushanba kuni Ruminiyada ikki kishi, shanba kuni esa toʻrt nafar fuqaro holat qurboni boʻlgan.

Chexiya Respublikasida bir necha kun davom etgan kuchli yomgʻir oqibatida mintaqaning bir qancha hududlarida daryolarning to‘g‘onlari yorilib ketganidan soʻng yakshanba kuni minglab odamlar uylaridan evakuatsiya qilindi.
Toʻfon Chexiya va Polshada oʻttiz yillikdagi kuchli suv toshqinini keltirib chiqardi. Hududlarda minglab uylar vayron boʻlib, koʻpriklar qulab tushgan. Asosan, Chexiyada 250 ming atrofidagi uy xoʻjaliklarida elektr taʼminoti uzilgan.

Suv bosgan hududlarga tashrif buyurgan Polsha Bosh vaziri Donald Tusk X platformasida hukumat falokat holatini eʼlon qilishini va Yevropa Ittifoqidan yordam soʻrashini maʼlum qildi.
Chexiya politsiyasi shanba kuni poytaxt Pragadan 235 km sharqda joylashgan Lipova-lazne qishlogʻi yaqinida Starik daryosiga tushib ketgan mashinada boʻlgan uch kishini qidirayotganini aytdi. Chorshanba kunidan beri mintaqada yogʻingarchilik miqdori taxminan 500 mmga yetdi.

Vengriya poytaxti Budapeshtda rasmiylar shu haftaning ikkinchi yarmida Dunay daryosining balandligi 8,5 metrdan oshishini prognoz qilmoqda. Bu 2013-yildagi rekordni yangilashi mumkin.
Ruminiyada yomgʻir pasaygach, ishchilar 11 mingga yaqin uyni elektr taʼminotini tiklashga harakat qilishgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring