Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq direktori Trampni Ukrainaga shantaj qilishda aybladi

14:42 07 Mart 2025 Dunyo
166 0

Foto: Reuters

Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq direktori Jon Brennan AQSHning Ukrainaga yordamini toʻxtatib qoʻyganini izohlar ekan, Amerika yetakchisi Donald Trampni Kiyevga shantaj qilishda aybladi va kelajakda bu choralar saqlanib qolsa, respublika halokatli oqibatlarga duch kelishini aytdi.

Uning taʼkidlashicha, bu “mutlaqo misli koʻrilmagan” qadam Kiyev uchun “halokatli oqibatlarga” olib kelishi mumkin.

“Deyarli 35-yillik tajribamda bunaqasini koʻrmaganman... Oʻylaymanki, agar bu uzoq vaqt davom etsa, bu jang maydonida halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin”, — deydi Brennan.

Uning soʻzlariga koʻra, Tramp oʻz talablarini qondirish uchun yordam berishdan “bosim taktikasi” sifatida foydalanmoqda.

Shu yilning 4-mart kuni Oq uy Ukrainaga harbiy yordam berish toʻxtatilganini rasman tasdiqladi. Bu qaror joriy yilning 28-fevral kuni Oq uyning Oval kabinetida Tramp va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy oʻrtasidagi “totishuv”dan keyin qabul qilindi. Kiyev Rossiya bilan tinchlik muzokaralariga tayyorligini namoyish qilmaguncha, AQSH Ukrainaga yordam berishi kutilmaydi.

Bundan tashqari, AQSH Ukraina bilan razvedka maʼlumotlarini almashishni toʻxtatdi. Vashingtonning talabi bilan inglizlar ham Kiyevga maʼlumot berishni toʻxtatdilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер