Jizzaxda Markaziy Osiyoda yagona boʻlgan Kibersport arenasi foydalanishga topshirildi
Sport insonni ham jismonan, ham aqlan, ham maʼnan yuksaltirishi bilan sogʻlom hayotimizda alohida oʻrin tutadi. Shu bois soʻnggi yillarda mamlakatimizda Prezidentimiz tomonidan sportni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilyapti.
Xususan, davlatimiz rahbarining 2022-yil 16-noyabrdagi “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qoʻshicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori yurtimizda mazkur sport turini yanada ommalashtirishning keng imkoniyatlarini ochib berdi. Ushbu hujjat bilan Jizzax shahrida sobiq tennis korti binosi oʻrnida kibersport arenasini barpo etish koʻzda tutilgandi. Ayni chogʻda uning ijrosi taʼminlandi.
Gap shundaki, Markaziy Osiyodagi eng yirik ushbu arena kuni kecha foydalanishga topshirildi. Bu nafaqat jizzaxliklar, balki butun mamlakatimiz aholisiga Yangi yil sovgʻasi boʻldi, desak, mubolagʻa boʻlmaydi.
Majmuaning ochilishi munosabati bilan oʻtkazilgan tantanali tadbirda yigʻilganlar ushbu ulkan inshootning har tomonlama xalqaro talablar asosida bunyod etilganligini faxr bilan tilga olishdi.
Taʼkidlanganidek, loyiha tatbigʻi uchun 28 mlrd. soʻmlik qurilish-mantaj ishlari tez va sifatli bajarilgan. Musobaqalarni kuzatib borish uchun 1 ming 200 tomoshabinga moʻljallangan oʻrindiq barpo etildi. Bundan tashqari, majmua tarkibida IT akademiyasi oʻquv markazi va qoʻshimcha binolar ham mavjud boʻlib, ularda barcha qulayliklar muhayyo etilgan.
Tadbir davomida xalqaro va mamlakat miqyosida sport musobaqalarida yuksak natijaga erishgan 109 nafar sportchiga pul mukofoti, faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.
Ahamiyatlisi, shu kuni kibersport boʻyicha “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kubogi” turniri final bosqichi oʻyinlariga start berildi.
Abdusattor SODIQOV, (“Xalq soʻzi”).
Botir Qudratov olgan surat.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring