Markaziy Osiyoda ilk bor: Oʻzbekistonda 3D formatidagi toʻliq metrajli animatsion film premyerasi boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston Milliy kino sanʼati saroyida “Sehrlandiya: qahramonlik missiyasi” nomli yangi animatsion filmning tantanali taqdimoti oʻtkazildi.
Bolalar kontentini rivojlantirish markazi buyurtmasiga asosan “Lola Animation” studiyasi tomonidan yaratilgan ushbu loyiha mintaqadagi ilk 3D formatidagi toʻliq metrajli multfilm sifatida taqdim etildi.

Tadbirda xalqaro doira vakillari, jumladan, The Walt Disney Company vitse-prezidenti, 8 karra “Emmy Award” mukofoti sovrindori Hayma Vashington hamda mahalliy madaniyat va sanʼat namoyandalari ishtirok etishdi.
Film haqida asosiy maʼlumotlar:
Janri: Fantastik sarguzasht;
Auditoriyasi: 5 yoshdan yuqori boʻlgan bolalar va keng jamoatchilik;
Gʻoyasi: Doʻstlik, jasorat, insof va vatanparvarlik kabi umuminsoniy qadriyatlar.

Film qahramonlariga Behzod Muhammadkarimov, Alisher Uzoqov, Shahzoda Muhammedova, Jahongir Xoʻjayev va Ulugʻbek Shodibekov kabi taniqli sanʼatkorlar ovoz bergan.
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Boyir Xolmirzayev intervyu davomida loyihaning ahamiyatiga toʻxtalib: “Ushbu multfilm bolalar uchun yaratilgan eng sharafli ishlardan biri boʻldi. Murakkab jarayon boʻlishiga qaramay, barcha ijodkorlar bu ishga sidqidildan yondashgan”, — deya taʼkidladi.

Mazkur animatsion film bolalarda ijobiy qahramonlik obrazini shakllantirish, oʻz-oʻziga ishonch, fidoyilik, ezgulikka intilish, Vatanga muhabbat va jamiyat oldidagi masʼuliyat hislarini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Mashhura Alimardon, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
- Oʻzbekistonning Gʻazodagi vaziyatga nisbatan hozirgi aniq pozitsiyasi qandayligi aytildi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring