“Markaziy Osiyo ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmatlari” mavzusidagi xalqaro konferensiya oʻz ishini boshladi
Foto: Davronbek Ernazarov/“Xalq soʻzi”
Bugun, 7-oktyabr kuni “Markaziy Osiyo ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmatlari” mavzusidagi xalqaro konferensiya oʻz ishini boshladi. Tadbir “Oʻzsuvtaʼminot” AJ tomonidan Jahon banki, Shveysariya iqtisodiy masalalar boʻyicha davlat kotibiyati (SESO) hamda Koreya hukumati (KGGTF) bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Uch kun davomida konferensiya doirasida suv taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlari samaradorligini oshirish, aktivlarni boshqarish, raqamli yechimlarni joriy etish, institutsional transformatsiya hamda malakali kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilinadi. Shuningdek, moliyalashtirishning innovatsion mexanizmlari, xususiy sektorni jalb etish va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha alohida sessiyalar tashkil etiladi.
Konferensiya davomida ishtirokchilar Toshkent viloyatidagi “Qodiriya” suv tozalash inshooti, “Chirchiq” oqova suv tozalash inshooti hamda Yangiyoʻl shahrida joylashgan “Mesal vater technologiyes” qoʻshma korxonasiga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan loyihalar va zamonaviy texnologiyalar bilan tanishadilar. Shuningdek, “Aquatherm-Tashkent 2025” xalqaro koʻrgazmasi doirasida suv sohasidagi eng soʻnggi ishlanmalar namoyish etiladi.
Mazkur konferensiya Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun suv resurslaridan oqilona foydalanish, zamonaviy boshqaruv amaliyotini keng joriy etish va barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishishda muhim hamkorlik maydoni boʻlib xizmat qilishi shubhasiz.
Aytish joiz, Oʻzbekistonda suv taʼminoti va oqova xizmatlari sohasida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, zamonaviy yondashuvlar hamda xalqaro hamkorlikning yangi bosqichini belgilashda alohida ahamiyatga ega. Zero, suv — hayot manbai, taraqqiyot va farovonlikning asosi.
Maʼlumki, Oʻzbekistonda suv sohasini barqaror rivojlantirish, sifatli ichimlik suvi va oqova suv xizmatlaridan foydalanishni kengaytirish borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Soʻnggi yillarda Davlatimiz rahbari rahnamoligida bu yoʻnalishda keng koʻlamli chora-tadbirlar belgilanib, soha tubdan yangilanmoqda.
Sohani rivojlantirish maqsadida 2030-yilga qadar kamida 40 trillion soʻm investitsiya jalb etilishi rejalashtirilgan. Bu orqali ichimlik suvi taʼminoti qamrovini 90 foizga, oqova suv xizmatlarini esa 35 foizga yetkazish belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring