Markaziy bank raisi lavozimidan ozod etilishi mumkin
Markaziy bank boshqaruv raisi Mamarizo Berdimurodovich Nurmurodov lavozimidan ozod etilishi mumkinligi haqida prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
Bundan avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Nurmurodovning lavozimidan ozod etilganligi toʻgʻrisida xabarlar tarqalgan edi. Hozirda prezident tomonidan Oliy Majlis Senatiga regulyator raisini egallab turgan lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritilgan.
Mamarizo Nurmurodov 1960-yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan. Toshkent xalq xoʻjaligi institutida (hozirgi Toshkent moliya instituti) taʼlim olib, keyinchalik Leningrad va Moskva iqtisodiyot-moliya institutlarida oʻqishni davom ettirgan. U iqtisodiyot fanlari nomzodi darajasiga ega.
Nurmurodov 2006-yildan boshlab Markaziy bank tizimida turli masʼul lavozimlarda faoliyat olib borib, 2017-yilda Markaziy bank boshqaruvi raisi etib tayinlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring