Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirdi
Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Ushbu qaror sekinlashishiga ta’minlash, iqtisodiyotda yordam beruvchi shuningdek, mart narxlar o‘sishining yanada pul-kredit sharoitlarini oyidagi asosiy stavka pasaytirilishining yalpi talab va taklifning muvozanatlashuviga ijobiy ta’sirlarini davom ettirishga qaratilgan.
Yillik inflyatsiya darajasi mart va aprel oylarida ham pasayishda davom etdi hamda mos ravishda 11,7 va 11,0 foizga teng bo‘ldi. Ushbu pasayishda mavsumiy omillar va o‘tgan yildagi yuqori baza effekti ham muhim ahamiyat kasb etdi.

Inflyatsiyaning uzoq muddatli va barqaror omillarini ifoda etuvchi bazaviy inflyatsiyada ham mart oyida sezilarli pasayish dinamikasi kuzatilib, yillik 12,9 foizgacha sekinlashdi (2022 yil dekabr oyida 13,8 foiz). Bunda, bazaviy inflyatsiyaning umumiy inflyatsiyaga hissasi o‘tgan yilning oktyabr oyidan buyon birinchi marta 10 foiz banddan kamroqni tashkil etdi.
Ayni paytda, bazaviy inflyatsiya darajasining umumiy inflyatsiyadan yuqoriligi iqtisodiyotda ma’lum bir inflyasion xatarlarni saqlanib qolayotganligi ifodalaydi.

Kelgusi 12 oy uchun aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining inflyatsion kutilmalari ham pasayish tendensiyasiga qaytdi va mos ravishda 14,4 va 14,1 foiz darajasida shakllandi. Bunda, aholining inflyatsion kutilmalari bo‘yicha javoblar medianasi - 11,5 foizgacha va tadbirkorlik sub’yektlariniki 11,4 foizgacha pasaydi.
Joriy yilning yanvar oyida iqtisodiyotda inflyatsion kutilmalar keskin oshib, aholi va tadbirkorlarning iqtisodiy vaziyat hamda narxlar bo‘yicha xavotirlari oshganligini namoyon qilgan edi. Kutilmalarning pasayishi va uzoq muddatli trendiga yaqin shakllanishi inflyatsion jarayonlarning sekinlashuvi bo‘yicha umumiy tendensiyalarning kelgusida ham davom etishi borasidagi mulohazalarni kuchaytirmoqda.

Tashqi moliyaviy sharoitlarning qat’iylashib borayotganligi va mintaqaviy moliya bozorlarida tebranuvchanlikning jahon kuchayishida namoyon bo‘la boshladi.
Xalqaro bank tizimida yuzaga kelayotgan xatarlarga nisbatan tezkor javob choralari qo‘llanilishiga qaramay, kreditlash shartlarida qat’iylik va kelgusi xatarlar bo‘yicha noaniqliklarning yil oxirigacha saklanib kolishi prognoz qilinmoqda.

O‘tgan yildagi yuqori darajadagi transchegaraviy pul o‘tkazmalari, joriy yilda davlat byudjeti xarajatlarining oshishi, shu jumladan, ish haqi va nafaqalarning oshirilishi iste’mol talabi o‘sishini qo’llab-quvvatlovchi asosiy omillardan bo‘lmoqda. Bu, o‘z navbatida, kelgusi choraklarda iqtisodiy faollikning yuqori bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Pul bozorida nisbatan qatiy pul-kredit sharoitlari saklanib qolinmokda. Yanvar-aprel oylarida UZONIA indeksi to‘liq foiz koridori doirasida, asosiy stavka pasaytirilishidan so‘ng esa 13 foiz atrofida shakllandi.

Tijorat banklari depozit bazasining o‘sish sur’atlarida jadallashish kuzatilmoqda. Aprel oyi yakunlari bo‘yicha milliy valyutadagi muddatli depozitlar qoldig‘i o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,5 barobarga oshdi.
Iqtisodiyotni kreditlash sur’atlarining o‘sishi, asosan milliy valyutada ajratilgan kreditlar hisobiga, tezlashdi. Tijorat banklari tomonidan yanvar-aprel oylarida ajratilgan kreditlar hajmining 1,3 barobarga o‘sishida aholiga berilgan avtokreditlar, mikroqarzlar va iste’mol kreditlarining yuqori sur’atlarda oshganligi asosiy omil bo‘ldi.

Ushbu tendensiyalar, o‘z navbatida, iqtisodiyotda dollarlashuv darajasining pasayishida ham o‘z aksini topib, depozitlar bo‘yicha dollarlashuv darajasi - 30,6 foizgacha, kreditlar bo‘yicha esa - 44,3 foizgacha pasaydi.
Jahonda iqtisodiy o‘sish bo‘yicha yangilangan prognozlarga ko‘ra, 2023 yilning 11 yarmida global iktisodiy o‘sish ko‘rsatkichlarining sekinlashishi kutilmoqda. Global inflyatsiya kutilganidan ko‘ra sustroq pasayishda davom etadi.

Ayni paytda, xizmat ko‘rsatish sohasidagi narxlarda barqaror o‘sish tendensiyalari kuzatilmokda. Aksariyat mamlakatlarda bazaviy inflyatsiyaning yuqoriligicha qolayotganligi, qatiy global moliyaviy sharoitlarning uzoqroq muddat saqlanib qolishi bo‘yicha ehtimollarni kuchaytirmokda.
Jahon xomashyo bozorlarida yuqori tebranuvchanlik yuzaga kelib, asosiy eksport tovarlari narxlari bo‘yicha noaniqliklar ortmoqda.

Tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilayotgan kreditlar hajmining keskin o‘sishi qarz yukini oshirishi orqali moliyaviy va makroiktisodiy barqarorlik bo‘yicha xatarlarni yuzaga keltirishi mumkinligini inobatga olib, Markaziy bank tomonidan makroprudensial siyosat choralarini qo‘llash orqali kreditlar o‘sishini muvozanatlashtirish choralari ko‘riladi.
Joriy yilning 1 choragi dastlabki natijalari, iqtisodiyotda aksariyat ko‘rsatkichlar makroiqtisodiy rivojlanishning bazaviy ssenariysi doirasida shakllanayotganligini tasdiqlamoqda.

Yangilangan prognozlarga ko‘ra, 2023 yil yakunlari bo‘yicha real Yaim o‘sishi dastlabki prognozlardan ko‘ra yuqoriroq bo‘lishi bo‘yicha ehtimollar ortmoqda.
Yil yakuni bo‘yicha inflyatsiya darajasining prognoz diapazoni 8,5-9,5 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirildi. Inflyatsion kutilmalar dinamikasi, pul bozoridagi nisbatan qatiy pul-kredit sharoitlari, asosiy mahsulotlar taklifi bo‘yicha vaziyatning barqarorlashib borayotganligi, inflyatsiyaning mazkur prognoz koridori o‘rtasida shakllanishi bo‘yicha ishonchni oshirmoqda.

Markaziy bank pul-kredit sharoitlarining yalpi talab, narxlar darajasi va inflyatsion kutilmalarga ta’sirini baholashda davom etadi. Bunda, qabul qilinayotgan qarorlar inflyatsiyaning prognoz koridori doirasida shakllanishini ta’minlashga qaratiladi.
Markaziy bank boshqaruvining asosiy stavkani ko‘rib chikish bo’yicha navbatdagi yig‘ilishi 2023 yil 15 iyunga belgilangan.







Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring