Marhamat tumanida ilk bor forel baligʻi yetishtirish yoʻlga qoʻyildi
Marhamat tumanida ilk bor forel baligʻini mahalliy sharoitga moslashtirgan holda yetishtirish ishlari boshlandi. Bu loyiha tumanda baliqchilik sohasini rivojlantirish, eksportbop mahsulot turlarini koʻpaytirish va aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
— Uni parvarishlash uchun 15-18 darajadagi iliq va tabiiy suv muhiti kerak boʻladi, — deydi mutaxassis Zaynobiddin Sobirov. — Marhamatda esa 40–50 metr chuqurlikdan chiqadigan suvning harorati 17 darajani tashkil etadi. Qolaversa, u dunyoda eng koʻp isteʼmol qilinadigan, xaridorgir va eksportbop baliq turi hisoblanadi.
Hozirda tumanda toʻrtta baliqchilik markazi faoliyat yuritmoqda. Ular nafaqat hududning goʻsht va baliq mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini qondirmoqda, balki sohadagi zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yondashuvlarni ham oʻz faoliyatlariga joriy etib kelmoqda.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring