Margʻilonda “Atlas bayrami” beshinchi milliy matolar festivali boʻlib oʻtadi
Foto: Arxiv surat
Joriy yil 20-22-oktyabr kunlari Margʻilonda “Atlas bayrami” beshinchi milliy matolar festivali boʻlib oʻtadi.
Fargʻona viloyati hokimligi, UNESСOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, “Hunarmand” uyushmasi, Margʻilon shahar hokimligi tomonidan boshqa xalqaro hamkorlar bilan birgalikda tashkil etiladigan ushbu festival Margʻilon ipakchiligining dovrugʻini dunyoga tanitishda, hunar va sanʼatga mehri baland insonlarning oʻzaro fikr va tajriba almashishida muhim oʻrin tutishi bilan ahamiyatlidir.
23-24-sentyabr kunlari UNESСOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi boshchiligidagi taniqli mutaxassislar va ekspertlardan iborat delegatsiya Fargʻona viloyatiga keladi.
Tashrif davomida festivalni oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy masalalar yuzasidan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bilan uchrashuv oʻtkazish rejalashtirilgan.
Ushbu festivalda Margʻilonga Butunjahon hunarmandlar kengashi qarori bilan Hunarmandlar shahri maqomi berilishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring