Margʻilon doʻppisi bezaklarining ohanrabosi nimada?

11:12 30 Oktyabr 2020 Madaniyat
1748 0

Qadimshunoslarning aniqlashicha, Margʻilon doʻppisi bezaklarida aks etgan qalampir nusxa gullar, toʻlin oy, koʻzmunchoq shakllarida farzand kutayotgan homilador ayolning husnu malohati oʻziga xos ibo-hayo bilan tasvirlangan.

Margʻilonliklar azaldan chorhunar boʻladi. Asrlar mobaynida qadriabad qadriyat sifatida sayqallanib kelayotgan doʻppidoʻzlik sanʼati Margʻilon hunarmandlarining eng sevimli yumushi sanaladi.

Shu kunlarda YUNESKO ishlari boʻyicha Oʻzbekiston milliy komissiyasi, Koreya Respublikasi madaniy meros jamgʻarmasi, Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti hamda respublika “Hunarmand” uyushmasi hamkorligida Margʻilon shahrida boʻlib oʻtayotgan amaliy mashgʻulotlar yurtimizda doʻppidoʻzlikni zamonaviy mezonlar asosida rivojlantirishga qaratilgan.

Doʻppidoʻzlikning Fargʻona vodiysida keng tarqalgan anʼanaviy maktablari tajribasini keng targʻib etish maqsadida tashkil etilgan amaliy mashgʻulotlarda 20 nafardan ziyod mahalliy yoshlar, Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari qatnashmoqda.

B. Madiyorov,
“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер