Mard masʼullarimizdan izoh kutamiz... — Kusherbayev benzin narxining oshishi va sohadagi talon-torojliklar haqida

19:32 01 Iyul 2021 Jamiyat
1147 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev yoqilgʻi narxining oshishi va neft mahsulotlari talon-torojliklari haqida oʻz munosabatini bildirdi.

"Benzin narxi koʻtarilishda davom etmoqda. Bu esa xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlarida narx oshishiga taʼsir qiladi.

Masalan AI-91 benzini AYOQSHlarda bir litr uchun 7200 soʻmdan sotilishni boshlabdi. Mahalliy monopol zavodimizdan chiqayotgan avtomobillarning aksariyati esa aynan ushbu marka benziniga moslangan.

Kamiga yaqinda «Oʻzbekneftgaz» AJ Jizzax, Buxoro va Andijon viloyatlarida jami 185,7 milliard miqdoridagi neft mahsulotlari talon-toroj qilingani haqida xabar bergan edi.

Jumladan, Jizzax neft bazasida oʻrtacha qiymati 146 mlrd soʻm, Buxoro neft bazasida oʻrtacha qiymati 20,7 mlrd soʻm, Andijon neft bazasida oʻrtacha qiymati 19 mlrd soʻmlik neft mahsulotlari talon-taroj qilingan.

Mazkur holat yuzasidan yuzasidan huquq-tartibot idoralari tegishli tartibda ish olib borishadi, deyilgan edi.

Lekin shu kunga qadar, masalan eng koʻp 146 mlrd soʻmlik talon-torojlikka yoʻl qoʻygan Jizzax neft bazasidagi holat boʻyicha na prokuratura va na boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar chora koʻrganini eshitmadik.

Jamoatchilik nazoratining subyekti, qolaversa xalq vakili sifatida shaxsan bizga bu ishlarga qay darajada huquqiy baho berilganligi qiziq.

Yo bu ham imi-jimida yopib yuborildimi?

Mard masʼullarimizdan izoh kutamiz..." deb yozadi Kusherbayev.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?