Maradona oʻgʻlining ahvoli ogʻirlashgan. U jonlantirish boʻlimida
Fotо: Getty Images
Diyego Maradonaning oʻgʻli koronavirus infeksiyasi bilan zararlanib, ahvoli ogʻirlashgan. Bu haqda italiyalik jurnalist Tankredi Palmeri maʼlum qildi.
Unga koʻra, matbuot vakillari kichik Diyego Maradonadan otasi vafot etganidan soʻng, izoh olishga harakat qilgan. Palmeri esa kichik Maradonani bezovta qilmaslikni soʻragan.
Diyego Maradona shu yilning 25-noyabr kuni 61 yoshida vafot etdi. Uning oʻlimiga yurak xuruji sabab boʻlgan. Ommaviy axborot vositalarida afsonaviy futbolchining vafoti munosabati bilan Argentinada uch kunlik motam eʼlon qilinishi haqida xabarlar paydo boʻldi
Diyego Armando Maradona Sinagra 34 yoshda. Italiya fuqarosi va futbolchi. U dastlab Italiyaning quyi divizion klublarida oʻynagan. Keyin esa plyaj futbolida oʻz omadini sinab koʻrdi va Italiya terma jamoasi sharafini himoya qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring