Maqsadimiz Ukrainaning taslim boʻlishisiz tinchlikka erishish — Makron
Foto: Reuters
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muloqot qilish niyati borligini maʼlum qildi. U bu haqida “France 2” telekanaliga bergan intervyusida aytib oʻtgan.
Makronning taʼkidlashicha, Rossiya yetakchisi bilan muloqot qilish jarayonini yoʻlga qoʻyish zarur.
“Maqsadimiz Ukrainaning taslim boʻlishisiz tinchlikka erishish”, — degan Fransiya prezidenti.
Shuningdek u, qisqa muddatda Ukrainani qoʻllab-quvvatlash davom ettirilishi kerakligini ham qoʻshimcha qilgan.
Avvalroq, 2025-yilning dekabr oyida Emmanuel Makron Yevropa uchun Vladimir Putin bilan muloqotni qayta tiklash foydali boʻlishini taʼkidlagan edi. Oʻz navbatida, Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Putin ham Makron bilan muloqot qilishga tayyor ekanini bildirgan. Peskov bu suhbat amalga oshgan taqdirda maʼruza shaklida emas, balki bir-birining pozitsiyalarini tushunishga qaratilgan boʻlishi lozimligini ham qoʻshimcha qilgan.
Maʼlumot uchun, Emmanuel Makron Vladimir Putin bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqada boʻlib kelayotgan kam sonli Yevropa rahbarlaridan biri hisoblanadi. Prezidentlar oʻrtasidagi soʻnggi telefon suhbati 2025-yil 1-iyul kuni boʻlib oʻtgan va ikki soatdan ortiq davom etgan. Ushbu muloqot chogʻida Makron Putinni Ukrainada oʻt ochishni toʻxtatishga va mojaroga barham berish uchun muzokaralarni boshlashga chaqirgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- Xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan Yangi yildan keyin amalda boʻladigan qiymati eʼlon qilindi
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Shavkat Mirziyoyev Yangi Toshkentdagi “Sharq bahori” turar joy majmuasining qurilish maydoniga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring