“Mantiqiy tanlov” — Putin va Tramp uchrashadigan ehtimoliy joy maʼlum boʻldi
Foto: Reuters
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSH prezidenti Donald Trampning 15-avgustga belgilangan uchrashuvi Alyaska shtatining eng yirik shahri — Ankorijdagi AQSH Harbiy-havo va quruqlik kuchlarining Elmendorf-Richardson qoʻshma harbiy bazasida boʻlib oʻtadi. Bu haqda CNN telekanal Oq uydagi manbalariga tayanib xabar berdi.
“Tez orada tashkilotchilar katta shtatdagi sammitni oʻtkazish uchun mos boʻlgan yagona shahar Ankorij boʻladi degan xulosaga kelishdi. Faqatgina shaharning shimoliy chekkasida joylashgan Elmendorf-Richardson qoʻshma bazasi tarixiy uchrashuv uchun xavfsizlik talablariga javob bera oladi”, — deyiladi telekanali xabarida.
Hozircha Moskva va Vashington bu maʼlumotni hali rasman tasdiqlagani yoʻq.
Telekanalning qayd etishicha, Tramp maʼmuriyati Putin va uning jamoasi Amerika harbiy obyekti hududida boʻlishdan qochmoqchi.
Ikki yetakchi oʻrtasidagi muzokaralar oʻtkaziladigan joy sifatida Alyaska uzoq parda ortidagi muzokaralardan soʻng tanlangan. Shu bilan birga, Amerika rasmiylari “Rossiya prezidenti AQSH tuprogʻida — bir vaqtlar Rossiya imperiyasining bir qismi boʻlgan quruqlikda uchrashishga rozi boʻlganidan xursand boʻlishdi va biroz hayratda qolishdi”, — deyiladi xabarda.
Putin qanday himoya qilinadi
AQSH maxfiy xizmatining sobiq yuqori martabali zobiti Robert Makdonald Elmendorf-Richardson harbiy bazasini Putin va Tramp oʻrtasidagi yuzma-yuz muzokaralar uchun “mantiqiy tanlov” deb atadi. Ularning uchrashuvi birinchi navbatda “marosimlarga emas, natijalarga” qaratilgan, deb hisoblaydi u.
“U yerga avialaynerlar qoʻnishi mumkin. Har ikki davlat olib oʻtadigan yetakchilar uchun limuzinlarni ham u yerga oʻtkazish mumkin. Gap yaxshi himoyalangan obyekt haqida ketmoqda”, — deydi Makdonald.
Uning taʼkidlashicha, Rossiya yetakchisining Alyaskadagi xavfsizligi nafaqat uning shaxsiy xavfsizlik xizmati, balki AQSH Maxfiy xizmati tomonidan ham taʼminlanadi. Makdonald siyosiy tafovutlar davlat rahbarlarining tashriflari chogʻida xavfsizlik protokoliga taʼsir qilmasligiga ishontirdi.
“Biz prezident Putin bu yerda boʻlganida unga hech narsa boʻlishini istamaymiz”, — deya taʼkidladi Makdonald.
“The New York Times” gazetasining yozishicha, AQSH maxfiy xizmati allaqachon Ankorijda olti xonali uyni ijaraga olgan.
Alyaskadagi rus madaniyat markazi direktori Anna Vernayaning TASS agentligiga aytishicha, shaharga allaqachon yuqori martabali mehmonlar bilan reyslar kelayapti. Xususan, AQSH sogʻliqni saqlash va inson xizmatlari kotibi Robert Kennedi va rossiyalik diplomatlar yetib keldi. Vernaya shu oʻrinda Ankorijdagi mehmonxonalar toʻla ekanligiga eʼtibor qaratdi.
Muloqot uchun mumkin boʻlgan joylar
Mahalliy OAV Putin va Tramp uchrashishi mumkin boʻlgan turli joylarni, jumladan Girdvud kurort shahridagi “Alyeska Resort” mehmonxonasini ham tilga olgan. Shu oʻrinda jurnalistlar 12-16-avgust kunlari mehmonxonada xonalarni bron qilish mumkin emasligiga eʼtibor qaratdi.
Bundan tashqari, yetakchilar sammitni 2015-yilda AQSHning sobiq prezidenti Barak Obama toʻxtagan “Kapitan Kuk” mehmonxonasida oʻtkazishi mumkinligi haqida ham takliflar boʻlgan. 2017-yilda Xitoy rahbari Si Szinpin Alyaskaning sobiq gubernatori Bill Uoker bilan shu yerda uchrashgan edi.
Keyinchalik CNN eʼtiborini boʻlajak sammit uchun joy topish va tasdiqlashga urinayotgan AQSH rasmiylari “jiddiy toʻsiq”qa duch kelganiga eʼtibor qaratdi.
“Yoz Alyaskadagi eng yuqori sayyohlik mavsumidir va ikki dunyo yetakchisini qabul qilish uchun mavjud va jihozlangan variantlar juda cheklangan edi”, — deyiladi kanal xabarida.
Yakunda Alyaskaning sobiq leytenant gubernatori Loren Lemanning AQSH prezidentlari harbiy bazada uchrashishi haqidagi taxmini haqiqatga yaqin boʻlib chiqdi.
“Bunday holatlarda siz xavfsizlik haqida oʻylashingiz kerak, bundan tashqari, yaqin atrofda aeroportlar boʻlishi kerak, chunki koʻp odamlar keladi. Bu borada ikkita joy yodga tushadi. Ulardan biri Ankorij yaqinidagi Elmendorf-Richardson harbiy bazasi. U yerda uchrashuv oʻtkazish uchun koʻplab imkoniyatlar mavjud”, — degan edi u bir kun oldin “RIA Novosti” bilan suhbatda.
Shuningdek, Leman Feyrbanks yaqinidagi Eiyelson harbiy bazasini ham sammit uchun yaxshi joy sifatida koʻrsatgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring