Mansabdor shaxsning aybi bilan yetkazilgan zarar uning oʻzidan undirilishi mumkin
Foto: Qonunchilik palatasi
Joriy yilning 19-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida davlat organining yoki uning mansabdor shaxsining qonunga xilof qarori, harakati yoxud harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasi koʻrib chiqilib, uchinchi oʻqishda qabul qilindi.
Keltirilishicha, mazkur qonun loyihasi bilan, yetkazilgan zararning oʻrnini kompensatsiya qilish, hududiy kompensatsiya jamgʻarmasi hisobidan qoplab berilgan mablagʻlarni keyinchalik aybdor deb topilgan davlat organining mansabdor shaxsidan toʻliq miqdorda regress tartibida undirib olish, hududiy kompensatsiya jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish tartibi belgilanmoqda.
Yaʼni, loyihaga koʻra, jismoniy yoki yuridik shaxsga yetkazilgan hamda sudning qonuniy kuchga kirgan qarori bilan aniqlangan moddiy va (yoki) maʼnaviy zararning oʻrnini qoplashda yagona amaliyot yoʻlga qoʻyilib, yetkazilgan zarar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi hududiy kompensatsiya jamgʻarmalaridan qoplanadi. Keyinchalik aybdor shaxsdan tegishli davlat organi orqali regress tartibida undirib olinadi.
Majlisda qayd etilishicha, ushbu hujjat fuqarolarning davlat organlarining yoxud ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari yoki harakatsizligi tufayli yetkazilgan zararning oʻrni davlat tomonidan qoplanishi toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlash hamda aybdor mansabdor shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortishni nazarda tutadi.
Ushbu qonun loyihasi deputatlar tomonidan uchinchi oʻqishda qabul qilindi va Senatga yuborildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring