“Manchester Yunayted” bosh murabbiylikka yangi nomzod topdi
Ispaniyalik mutaxassis Xavi “Manchester Yunayted” jamoasini boshqarishi mumkin. Bu haqda Sports.ru nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, “qizil iblislar” rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Ruben Amorimni muvaffaqiyatsiz natijalar sabab isteʼfoga chiqarmoqchi. Sababi jamoa hozirda Angliya Premyer-ligasida 5-turdan soʻng 11-oʻrinda bormoqda.
Agarda Amorim jamoadan ketsa, uning oʻrnini Xavi egallashi mumkin. “Manchester Yunayted” rahbariyati allaqachon unga aloqada chiqqan.

Maʼlumot uchun, 45 yoshli mutaxassis Kataloniya klubini 2021-yilning noyabridan 2024-yilning iyunigacha boshqargan. Shu vaqt ichida u 2022/23-yilgi mavsumda La Ligada “Barselona”ni chempionlikka olib chiqishga va jamoa bilan Ispaniya Superkubogini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan. Xavi Ispaniyada ishlashdan oldin Qatarning “Al Saad” jamoasida faoliyat yuritgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Shimol yogʻdusi — moʻjiza emas dahshat. Quyoshda X toifali kuchli chaqnash sodir boʻldi
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring