“Manchester United” AQSHda oʻtgan turnirda chempionlikni qoʻlga kiritdi
27-iyuldan 4-avgustgacha Amerika Qoʻshma Shtatlarida “Premier League Summer Series” musobaqasi boʻlib oʻtdi. Unda Angliya Premyer-ligasi jamoalari — “Manchester United”, “Everton”, “Vest Xem” va “Bornmut” ishtirok etdi.
Turnir formatiga koʻra, har bir jamoa 3 tadan oʻyin oʻtkazib, toʻplagan ochkolar asosida gʻolib aniqlandi.
“Manchester Yunayted” musobaqani yuqori tempda boshladi — dastlabki turda “Vest Xem”ni 2:1 hisobida magʻlub etdi. Ikkinchi bahsda esa “Bornmut” ustidan yirik — 4:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Bugun Amorin boshchiligidagi jamoa “Everton”ga qarshi uchinchi, hal qiluvchi oʻyinni oʻtkazdi. Chempionlik uchun “qizillar”ga durang ham kifoya qilardi va amalda shunday ham boʻldi — bahs 2:2 hisobida yakunlandi.
“Manchester United” tarkibida Meyson Maunt va Brunu Fernandesh gol muallifligi qilgan boʻlsa, “Everton”dan Ndiaye javob qaytardi. Yana bir gol avtogol sifatida “United” futbolchisi Ayden Xiven nomiga yozildi.
Shu tariqa, 3 oʻyinda 2 gʻalaba va 1 durang qayd etgan “Manchester Yunayted” 7 ochko jamgʻarib, “Premier League Summer Series” turnirining chempioniga aylandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring