“Manchester Siti”dan gʻalaba, “Liverpul”dan 5 ta gol

10:58 01 Mart 2026 Sport
651 0

28-fevral kuni Angliya Premyer ligasining 28-turidan oʻrin olgan bahslar start oldi.

Dastlabki uchrashuvda “Vulverxempton” oʻz maydonida “Aston Villa”ni qabul qildi.

Kutilmagan natija qayd etildi — 2:0. Gollarga Joau Gomesh va Rodrigo Gomesh mualliflik qildi.

Turnir jadvalining oʻrta pogʻonasidagi “Bornmut” va “Sanderlend” oʻrtasidagi bahs 1:1 hisobida yakunlandi. Gollarga Evanilson hamda Eliyezer Mayenda mualliflik qildi.

“Brentford” safarda “Bernli” ustidan 4:3 hisobida gʻalaba qozondi. Gollar: Mikkel Damsgor (2), Igor Tiago va Kevin Shade. “Bernli” safida Jaydon Entoni va Zian Flemming gol urdi. Yana bir gol avtogol sifatida Mishel Kayode nomiga yozildi.

“Nyukasl” oʻz maydonida “Everton”ga 2:3 hisobida magʻlub boʻldi. Mehmonlar safida Beto, Jarrad Brantveyt va Tyerno Barri gol urdi. Mezbonlardan Jeykob Remzi va Jeykob Myorfi ajralib turdi.

Soʻnggi 7 oʻyinning 6 tasida gʻalaba qozongan “Liverpul” bu turda 5 ta gol urdi. “Vest Xem”ga qarshi bahs 5:2 hisobida yakunlandi. Gollar: Yugo Ekitike, Virjil van Deyk, Aleksis Mak Allister va Kodi Gakpo. Yana bir gol avtogol boʻldi (Aksel Disasi). “Vest Xem”dan Valentin Kastelyanos va Tomash Souchek gol kiritdi.

“Manchester Siti” safarda “Lids Yunayted”ni 1:0 hisobida magʻlub etdi. Yagona golga Antuan Semeno mualliflik qildi.

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Abduqodir Husanov oʻyin qaydnomasidan oʻrin oldi, ammo maydonga tushirilmadi.

Maʼlumot uchun, bugun ham 28-tur oʻyinlari davom ettiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер