“Manchester Siti” Manchester derbisida magʻlubiyatga uchradi

20:02 17 Yanvar 2026 Sport
573 0

Bugun, 17-yanvar kuni Angliya Premyer ligasining 22-turidan oʻrin olgan bahslar start oldi. Kun doirasida oʻrin olgan bahsda “Manchester Siti” klubi safarda oʻz hamshahari “Manchester Yunayted” klubi mehmoni boʻldi.

Uchrashuv 2:0 hisobida “qizil iblislar”ning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinning dastlabki boʻlimida Brunu Fernandesh va Diallo gol kiritgan edi. Ammo ofsayd sababli har ikki gol bekor qilindi.

Ikkinchi boʻlimda esa Patrik Dorgu va Brayan Mbeumo “Manchester Yunayted”ning gollariga mualliflik qildi.

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Abduqodir Husanov oʻyinni asosiy tarkibda boshladi va 90 daqiqa maydonda harakat qildi. Uning harakatlari “Sofascore” portali tomonidan 6,7 ballga baholandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер