“Manchester Siti” klublar oʻrtasidagi jahon chempionati uchun tarkibni eʼlon qildi. Unda Husanovga joy topildimi?
Foto: AP
Angliyaning “Manchester Siti” klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida jamoasi sharafini himoya qiladigan futbolchilarning roʻyxatini tasdiqladi.
Unda avvalroq klubdan ketishini eʼlon qilgan Kevin De Bryuyne, “Milan”dan qaytgan Kayl Uoker va yarim himoyachi Jek Grelish kiritilmagan. Bu futbolchilarning oʻrniga tarkibda jamoaga yangi kelganlar — “Lion”dan koʻchib oʻtgan Rayan Sherki, avval “Milan” sharafini himoya qilgan Teyani Reynders va oʻtgan mavsum “Vulverxempton”da oʻynagan Rayan Ait-Nuri oʻrin oldi.
Jamoa sharafini musobaqada quyidagi futbolchilar himoya qiladi:

Klublar oʻrtasidagi jahon chempionatida dunyoning 32 ta kuchli klubi bosh sovrin uchun kurash olib boradi. “Manchester Siti” “G” guruhidan joy olgan va pley-offga chiqish uchun “Vidad AK” (Marokash), “Al-Ayn” (BAA) va “Yuventus” (Italiya) klublariga qarshi bahs olib boradi.
Ingliz klubi turnirning amaldagi gʻolibi hisoblanadi. Kuboklar soni boʻyicha rekordchi Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi peshqadam. Ispanlar ushbu musobaqada 5-marta gʻalaba qozongan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring