“Manchester Siti” futbolchisi UEFA chempionlar ligasi tarixiga kirdi
Erling Holand UEFA chempionlar ligasida 50 ta gol urish uchun eng kam vaqt sarflagan futbolchiga aylandi. Bu haqda “Opta” nashri xabar bermoqda.
Kecha, 18-sentyabr kuni UEFA chempionlar ligasi musobaqasining 1-tur oʻyinlari davom ettirildi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda Angliyaning “Manchester Siti” klubi oʻz maydonida Italiyaning “Napoli” jamoasini 2:0 hisobida magʻlub etdi.
Uchrashuvda “shaharliklar”ning birinchi golini jamoaning norvegiyalik hujumchisi Erling Holand kiritdi. Bu gol futbolchining UEFA chempionlar ligasi musobaqasida kiritgan 50-goli boʻldi.
Shu tariqa Holand UEFA chempionlar ligasida 50 ta gol urish uchun eng kam oʻyin oʻtkazgan futbolchi sifatida musobaqa tarixiga kirdi. Taʼkidlash kerakki, kecha u ushbu turnirdagi 49-oʻyinida maydonga tushdi.
Maʼlumot uchun, ungacha bu boradagi eng yaxshi natija Ruud van Nistelroyga tegishli boʻlgan. U UEFA chempionlar ligasida 50 ta gol urish uchun 62 ta oʻyinda maydonga tushgan.
Solishtirish uchun, “Barselona” afsonasi Leonel Messi ushbu natijaga erishish uchun 66 ta, Krishtianu Ronaldu esa 91 ta oʻyinda maydonga tushgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring