“Manchester Siti” finalga yoʻl oldi
Kecha, 4-fevral kuni Angliya Liga kubogi musobaqasining yarim final oʻyinlari yakunlandi. Kun doirasidan oʻrin olgan bahsda “Manchester Siti” klubi oʻz maydonida “Nyukasl”ni qabul qildi.
Ushbu jamoalar oʻrtasidagi dastlabki oʻyin 14-yanvar sanasida “Nyukasl” maydonida boʻlib oʻtgan va ushbu bahsda Pep Gvardiola boshqaruvidagi jamoa 0:2 hisobida gʻalaba qozongan edi. Bu gal ham omad “shaharliklar”ga kulib boqdi.
Oʻyinda hisob 7-daqiqada Omar Marmush tomonidan ochildi. 29-daqiqada Marmushning oʻzi hisobni 2:0 koʻrinishiga keltirdi. Taym yakuniga yaqin Tijjani Reyjders tanaffusga jamoalar 3:0 koʻrinishida yoʻl olishini taʼminladi.
Ikkinchi boʻlimning 62-daqiqasida Antoni Elanga hisobni qisqartirdi. Uchrashuv aynan 3:1 hisobi bilan yakunlandi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Abduqodir Husanov oʻyinni asosiy tarkibda boshladi va 90 daqiqa maydonda harakat qildi. Uning harakatlari “Sofascore” portali tomonidan 6,3 ballga baholandi.
Shu tariqa “Manchester Siti” jamoasi Angliya Liga kubogi musobaqasining finaliga yoʻl oldi. Endi chempionlik yoʻlida jamoa “Arsenal” bilan kuch sinashadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring