“Manchester Siti” afsonasi klubni tark etmoqda
Foto: AP
Belgiyalik yarim himoyachi Kevin De Bryune joriy mavsum oxirida Angliyaning “Manchester Siti” klubini tark etadi. Bu haqda sportchi “X” ijtimoiy tarmogʻida yozdi.
“Bu mening «Manchester Siti”dagi soʻnggi oylarim. Bir kun kelib shunday kun kelishini barcha futbolchilar biladi. Va oʻsha kun keldi. Futbol meni Manchesterga olib keldi. Men orzularimning ortidan yurardim va faoliyatimning bu bosqichi hayotimni oʻzgartirishini bilmasdim. Bu yerdagi odamlar tufayli men koʻp narsaga ega boʻldim. Va biz hammasini yutdik. Biroq, xayrlashish vaqti keldi”, deb yozgan belgiyalik futbolchi.
Kevin De Bryune 2015-yildan beri “Manchester Siti” sharafini himoya qilmoqda. Oʻtgan oʻn yil davomida u 6-marta Angliya chempioni boʻldi, besh marta Angliya Liga kubogini, ikki marta Angliya kubogini qoʻlga kiritdi. 2022/23-yilgi mavsumda Chempionlar ligasi gʻolibiga aylandi.
Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 31 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Bu oʻyinlarda u toʻrtta gol urdi va yettita golli uzatmani amalga oshirdi.
“Footmercato” portali xabariga koʻra, 33 yoshli De Bryune faoliyatini Saudiya Arabistonining ikkinchi divizionida ishtirok etuvchi “Neom” klubida davom ettirishi mumkin.
Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtamiz, ayni paytda “Manchester Siti” sharafini oʻzbekistonlik himoyasi Abduqodir Husanov himoya qilmoqda. Joriy yilning yanvarida ushbu jamoa aʼzosiga aylangan hamyurtimiz oʻtgan vaqt davomida Angliya chempionatida 6, Angliya kubogida 2 va Yevropa chempionlar ligasida bir uchrashuvda maydonga tushdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring