Manba: Messi kelasi mavsum “Barselona”ga qaytadi

12:20 19 Avgust 2025 Jamiyat
226 0

8 karra “Oltin toʻp” sohibi Lionel Messi sobiq jamoasiga qaytmoqchi. Bu haqda jurnalist Aleks Kandall xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, Messi klub bilan xayrlashuv oʻyini yoki qisqa muddatli shartnoma imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Futbolchi butsalarini mixga ilishdan oldin yangi “Kamp Nou” stadionida oʻynashni xohlayapti. Biroq u faoliyatini “Barselona”da yakunlash uchun bu qarorga kelmagan.

Qayd etish joiz, aynan Aleks Kandall Messining “Inter Mayami”ga oʻtishini ham birinchi boʻlib yozgandi.

Eslatib oʻtamiz, yangi “Kamp Nou” stadionini 2026-yilda toʻliq ochish rejalashtirilgan, ammo baʼzi tribunalar 2025/26-yilgi mavsum yakunida tayyor boʻlishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?