“Maʼnaviyat karvoni” Andijonga yetib bordi
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Shu kunlarda respublikamiz boʻylab Maʼnaviyat festivallari boʻlib oʻtmoqda. Mustaqilligimizning 33-yillik sanasini koʻtarinki kayfiyatda nishonlash maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbir respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, yozuvchilar uyushmasi, maʼrifat targʻibotchilari jamiyatlari hamda qator tashkilotlar bilan hamkorlikda oʻtkazilmoqda. Festival doirasida “Inson qadri”, “Maʼrifatli oila”, “Mehr-saxovat”, “Uch avlod uchrashuvi”, “Ziyolilar forumi”, “Kino karvon” kabi oʻnlab tadbirlar boʻlib oʻtmoqda.
— “Bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz!” shiori ostidagi festival tadbirlari Andijon viloyatining 12 ta shahar va tumanlarida davom etmoqda, — deydi respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining Andijon viloyati boʻlimi rahbari Abdulhamid Nurmatov. — Tadbirlar oʻquv yurtlari, mehnat jamoalarida emas, balki, xonadonlarda ham boʻlib oʻtmoqda. Unda respublikamiz Mustaqillik yillarida erishgan yutuqlari eʼtirof etilib, ibratli jihatlar keng jamoatchilikka targʻib etilmoqda.

Andijon tumanidagi “Ravon taraqqiyot orzusi” masʼuliyati cheklangan jamiyatida boʻlib oʻtgan maʼnaviyat festivalida respublikamiz istiqlolga erishgach, ishbilarmonlar uchun yaratilgan qulayliklar tilga olindi. Misol uchun, ushbu korxonani olaylik. 150 turdagi poyabzal mahsulotlari ishlab chiqaruvchi ushbu korxona mahsulotlari oʻnlab davlatlarga eksport qilinmoqda. Buning uchun 1,5 ming nafardan ziyod ishchilar samarali mehnat qilmoqda.
— Tadbirda respublikamizning taniqli sanʼatkorlari, olimlari ishtirok etdi, — deydi korxona ishchisi Sanobarxon Fayzullayeva. — Ular tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar, sahna asarlari maʼnaviy ozuqa berib qolmasdan, kuchimizga-kuch qoʻshdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring