Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qaror ustidan apellyatsiya shikoyatini berish muddati qisqartirildi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ–884-son, 25.12.2023 y.) bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartirishlar kiritildi.
Shunga koʻra, maʼmuriy ishlar boʻyicha sud qarorlarini qayta koʻrish bosqichlariga taftish instansiyasi kiritildi.
Tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instansiyada koʻrilgan ishlar viloyat sudlarida va ularga tenglashtirilgan sudlarda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida, viloyat sudlari va ularga tenglashtirilgan sudlar tomonidan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrilgan ishlar Oliy sud Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida taftish tartibida qayta koʻrilishi belgilandi.
Shuningdek, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha qaror ustidan apellyatsiya shikoyatini berish muddati 20 kundan 10 kunga qisqartirildi.
Apellyatsiya barcha materiallar kelib tushgandan 15 sutkada apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻrilishi lozim.
Maʼmuriy qamoqqa olish yoki maʼmuriy tartibda chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qaror ustidan berilgan apellyatsiya 1 sutka ichida koʻriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring