“Malibu" xatlangach, 218 million soʻmlik kredit qarzdorligi toʻlandi

14:11 07 Sentyabr 2021 Jamiyat
1022 0

Majburiy ijro byurosi Samarqand shahar boʻlimi ish yurituvida fuqarolik ishlari boʻyicha Samarqand shahar sudining 2021-yil 21-maydagi ijro hujjatiga asosan qarzdor Oʻ.D. dan undiruvchi HATB «Orient finans bank» foydasiga 218 million soʻm kredit qarzdorligi undirish toʻgʻrisidagi ijro hujjati kelib tushgan tushgan.

Mazkur ijro hujjati Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 23-moddasiga asosan ijro ishi yurituvi qoʻzgʻatilib, qarzdorga ixtiyoriy oʻn besh kunlik muddat berilgan.

Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor tomonidan garovga qoʻyilgan “Malibu” avtomashina jarima maydonchasiga qoʻyilgandan soʻng qarzdorlik bartaraf qilindi. Shuningdek, undiruvchi HATB «Orient finans bank» tomonidan taqdim qilingan maʼlumotnomaga asosan ijro ishi amaldagi Qonunning 40-moddasi 1-qismi 1-bandi bilan ish yurituvdan tamomlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?