Mali kurashdan chiqdi, Marokash yarim finalda
Kecha, 9-yanvar kuni Marokashda boʻlib oʻtayotgan Afrika millatlar kubogi musobaqasining chorak final oʻyinlari start oldi. Kun doirasidan oʻrin olgan dastlabki bahsda Senegal terma jamoasi Mali bilan kuch sinashdi.
Uchrashuv Senegal terma jamoasining 1:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan yagona golga 27-daqiqada Iliman Ndiaye mualliflik qildi.
Ikkinchi oʻyinda esa musobaqa mezboni Marokash terma jamoasi Kamerun bilan bellashdi. Bahs Ashraf Hakimi jamoasining 2:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvda kiritilgan gollarga Ismoil Saybari va Brahim Dias mualliflik qildi.
Bugun musobaqada chorak final oʻyinlari yakunlanadi. Kun doirasida Jazoir — Nigeriya hamda Misr — Kot-dʼIvuar oʻyinlari boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring