Maldivlik olim dehqonchilik bilan tanishdi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Qishloq xoʻjaligi boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borayotgan maldivlik olim Ali Naim Fargʻona viloyatining Oltiariq tumani va Quvasoy shahrida boʻlib, tomorqa egalarining dehqonchilik tajribalari bilan tanishdi. Fargʻona davlat universiteti professor-oʻqituvchilari, talabalari hamrohligida oʻtkazilgan yuzma-yuz muloqotda uzum, qulupnay yetishtirish, issiqxonalarda gidroponika usulida dehqonchilik qilish borasidagi ilgʻor tajribalar almashildi.
Aytish joiz, Ali Naim Maldiv orollari davlatining Kolxufushi orolchasida joylashgan “Meemu Atoll” maktabi direktori. Maldiv orollaridagi Respublika islom universitetining bakalavr va magistratura bosqichi, keyin aspiranturasini tamomlagan.
— Ijtimoiy tarmoqlar orqali maʼlumotlarni jamlab, Oʻzbekistonda dehqonchilik sohasida gidroponika tizimidan foydalanish afzalliklarini oʻrganish maqsadida keldim, — deydi Ali Naim. — Fargʻona mirishkorlarining dehqonchilik madaniyatiga qoyil qoldim. Oltiariq tumanida uzumchilik sohasi yutuqlari, Quvasoyda gidroponika usulida tashkil etilgan issiqxonalarda yilning toʻrt faslida daromad olinayotganiga havas qildim. Maktabimizda qishloq xoʻjaligi, xususan, gidroponik usulidan foydalanish boʻyicha kasbiy taʼlim dasturi ishga tushirilgan. Hozirda 200 nafardan ziyod ishtirokchilar gidroponika dehqonchiligi sir-sinoatini oʻrganmoqda.
Kolxufushi orolchasida qariyb 1500 nafar aholi istiqomat qiladi. Orolcha aholisining asosiy daromadi qishloq xoʻjaligi ekinlari, baliqchilik hamda turizm hisoblanadi. Zamonaviy mezonlar asosida endilikda tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Fargʻona davlat universiteti oʻqituvchi-talabalarining aynan, qishloq xoʻjaligi yoʻnalishida olib borayotgan saʼy-harakatlari, ilmiy-amaliy tajribalari katta taassurot qoldirdi. Uchrashuvlar mobaynida bu borada hamkorlik qilish va birgalikda istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etish boʻyicha kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring