Maktablarda pedagog kasbiga tizimli tayyorlash uchun pedagogik sinflar tashkil etiladi
2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri hamda har bir viloyatda bittadan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida 10–11-sinf oʻquvchilarini pedagog kasbiga tizimli tayyorlash uchun pedagogik sinflar tajriba-sinov tariqasida tashkil etiladi. Bu haqdagi qaror Bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan imzolangan.
Qarorda keltirilishicha, bunday sinflarni tashkil etish va ularning faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish uchun hududlardagi pedagogika oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyiladi.
Shuningdek, ilgʻor xorijiy tajribalar asosida pedagogik sinflar uchun alohida oʻquv dasturi ishlab chiqiladi.
Pedagogik sinflarni tamomlagan bitiruvchilarga shahodatnoma bilan birgalikda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyachi yordamchisi sifatida ishlash huquqini beruvchi davlat namunasidagi sertifikat beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring