Maktablarda anʼanaviy oʻqishga ruxsat berish uchun hali erta emasmi? — deputat

10:23 26 Avgust 2020 Siyosat
1057 0

Koronavirusning bolalar salomatligi bilan bogʻliq zararlari va oqibatlari haqidagi ayrim maʼlumotlarga koʻzim tushib, shu savol paydo boʻldi

Yaʼni, kuzatuvlarga koʻra:

Koronavirusdan soʻng bolalarda bosh ogʻrigʻi, yoʻtal va hazm qilish aʼzolari faoliyatidagi buzilishlar saqlanib qoladi

Bolalar koronavirus oldida avval oʻylagandan koʻra koʻproq zaifroq boʻlib chiqdi — ularning koʻpchiligida hatto tuzalgandan keyin ham salbiy asoratlari saqlanib qoladi. Bu haqda “The Wall Street Journal” xabar berdi.

Amerikalik shifokorlar COVID-19 dan soʻng bolalarda bosh ogʻrigʻi, yoʻtal va hazm qilish aʼzolari faoliyatidagi buzilishlar saqlanib qolishini koʻproq qayd eta boshladi. Shunga qaramay, ularning aksariyati virusni yengil shaklda oʻtkazishi tasdiqlangan.

Bolalarda multisistemali yalligʻlanuvchi sindrom deb ataluvchi asorat eng koʻp uchraydi. Taʼkidlanishicha, AQSHda 9-iyuldan buyon kasallikni yuqtirgan bolalar soni ikki baravar koʻpaygan.

Koronavirusga chalingan koʻpgina bolalarda Kavasaki kasalligini eslatuvchi koʻplab yalligʻlanishlar qayd etilgan. Keyinroq COVID-19 fonida bolalarda halokatli gipersitokinemiya — organizm toʻqimalari shikastlanishiga olib keluvchi nazorat qilib boʻlmaydigan yalligʻlanish rivojlanishi mumkinligi ham isbotlangan.

Umid Jabborov,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?