Oliy taʼlim hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirlariga oʻrinbosarlar tayinlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori bilan Turdiyev Azizbek Anvarjonovich Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Azizbek Turdiyev Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri maslahatchisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Maʼlumot uchun, Azizbek Turdiyev 2006-2010-yillarda Toshkent shahridagi 4-sonli maktab-internatida, 2010-2014-yillarda Toshkent shahridagi 231-umumtaʼlim maktabida oʻqituvchi, 2015-2017-yillarda Toshkent shahridagi 165-umumtaʼlim maktabining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, 2017-2018-yillarda Vazirlar Mahkamasi apparati Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamenti yetakchi mutaxassisi, 2018-2019-yillarda Oliy Majlis Senatida yetakchi maslahatchi, 2019-2023-yillarda Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi kotibiyati bosh maslahatchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2023-yildan boshlab MDH davlatlar hamkorligidagi “Hamdoʻstlik bolalar” loyihasi hamda “Yoshlarni tadbirkorlik va sanoatga yoʻnaltirish” loyihasi rahbari sifatida ishlab kelayotgandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Radjabov Sardor Baxtiyorovich Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Sardor Radjabov Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Maʼlumot uchun, Sardor Radjabov 2008-2012-yillarda “Uzdunrobita” MCHJ, “Expert va marketing markazi” MCHJ, “Real consult servise” MCHJda turli vazifalarda, 2012-2015-yillarda Toshkent shahar hokimligida yetakchi mutaxassis, 2015-2020-yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida bosh ekspert, Chet tilini bilish va egallash darajasini baholash boshqarmasi boshligʻi, 2020-2023-yillarda Davlat test markazi direktori oʻrinbosari, 2023-2024-yillarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Taʼlim sifatini baholash, litsenziyalash va akkreditatsiyalash departamenti direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring