Maktabgacha taʼlim innovatsion klasteri tashkil etiladi
Hukumatning tegishli qarorlari bilan Andijon va Buxoro davlat universitetlarining Pedagogika institutlari tashkil etildi.
Eʼtiborlisi, yangi qarorlarga asosan oʻquvchilarni kasbga yoʻnaltirish maqsadida Andijon va Buxoro viloyatlaridagi yetakchi umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining 10 tasida 3–4-sinf oʻquvchilari uchun “Oʻqish va matematik savodxonlik boʻyicha sinflar”, 8–9-sinf oʻquvchilari uchun “Matematik va tabiiy fanlar savodxonligi boʻyicha sinflar”, 10–11-sinf oʻquvchilari uchun pedagogika sinflari tashkil etiladi va Pedagogika institutlari taklifi asosida dars jarayoniga taʼsir etmagan holda oʻquv jarayoniga tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.
Shuningdek, xalqaro baholash dasturlari (RISA, TIMSS, RIRLS) va STEAM standartlaridan foydalanish, aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish va baholashning zamonaviy shakllari, metodlari va texnologiyalarini joriy etish hamda ushbu bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan pedagoglarini tayyorlash yangi institutlarning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
“Maktabgacha taʼlim” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi talabalarining oʻquv jarayoni va amaliyotini, Buxoro viloyatidagi maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlarining pedagog xodimlarining malakasini oshirish kurslari hamda Innovatsion maktabgacha taʼlim tashkilotini oʻzi ichiga qamrab oluvchi Maktabgacha taʼlim innovatsion klasteri tashkil etiladi.
Mazkur institutlarda oʻquv jarayonlari 2021/2022 oʻquv yilidan boshlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Oʻzbekiston dunyodagi sayyohlar oqimi eng tez oʻsayotgan yetti mamlakatdan biri — BMT hisoboti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring