Maktabgacha taʼlim agentligi faoliyati tugatildi
“Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Farmonga koʻra, Maktabgacha taʼlim agentligi faoliyati tugatildi hamda agentlikning tashkiliy tuzilmasidagi tashkilotlar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tasarrufiga oʻtkazildi.
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi zimmasiga quyidagi qoʻshimcha funksiyalar yuklatildi, jumladan:
- ilgʻor xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
- maktabgacha taʼlim va tarbiya jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, taʼlim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini joriy etish;
- maktabgacha taʼlimning oʻquv reja, dastur va oʻquv-metodik majmualarini takomillashtirish, ularning umumiy oʻrta taʼlim dasturlari bilan uzviyligini taʼminlash;
- davlat va nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari orasida sogʻlom raqobat muhitini yaratish hisobiga barcha bolalarning maktabgacha taʼlim bilan bosqichma-bosqich qamrab olinishini taʼminlash.
Maʼlumot uchun, Maktabgacha taʼlim vazirligi oʻz faoliyatini “Maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qaroriga muvofiq amalga oshirib kelayotgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring