Maktab taʼlimida bir qator oʻzgarishlar amalga oshirilishi maʼlum qilindi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident oʻqituvchi va murabbiylar bilan muloqotda maktab taʼlimida bir qator muhim oʻzgarishlar amalga oshirilishini maʼlum qildi.
“Xalqimizning kelajagi maktabdan boshlanadi. Chunki farzandlarimizga bilim va tarbiya berishning eng uzoq davom etadigan, kerak boʻlsa, hal qiluvchi bosqichi bu – maktab taʼlimidir”, dedi Prezident.
Hozirda maktablarda 6,5 million oʻquvchi taʼlim olyapti. Bu yil maktablarni 400 mingga yaqin oʻquvchi bitirgan boʻlsa, 1-sinflarga 720 ming bola qabul qilindi. Shu bois, soʻnggi sakkiz yilda 500 ga yaqin yangi maktablar qurilgani, mavjudlarining kengaygani hisobiga 1 million oʻquvchi oʻrni yaratildi.
Xususiy maktablarga katta sharoit yaratilgani natijasida ota-onalar uchun tanlash imkoniyati paydo boʻldi. Bugun 200 mingdan ziyod oʻgʻil-qizlarimiz xususiy maktablarda oʻqiyapti.
Maktab taʼlimida yana bir qator muhim oʻzgarishlar amalga oshirilishi taʼkidlandi.
Yangi oʻquv yilidan boshlab maktab davrida oʻquvchilarning qobiliyatiga qarab, kasb yoki oliy taʼlimga yoʻnaltirish uchun 9- va 11-sinf oʻquvchilari uchun yagona davlat imtihonlari joriy qilinadi. Shu orqali 400 mingga yaqin 9-sinf bitiruvchilari texnikumlarga qamrab olinadi.
Oʻqishni maktabda davom ettirib, oliygohga kirish istagida boʻlgan yoshlarga fanlar tanlov asosida chuqurlashtirib oʻtiladi.
Bir soʻz bilan aytganda, maktabdagi yakuniy imtihon natijalari bilan bitiruvchilar xohlasa texnikumga, istasa oliygohga kira oladigan boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring