Makron va Putin telefonda nimani gaplashgani maʼlum boʻldi
Arxiv foto
Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron va Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2022-yildan beri birinchi marta telefon orqali muloqot qildi.
Yelisey saroyi va Kreml xabarlariga koʻra, Makron va Putin 1-iyul kuni telefon orqali Ukraina va Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qilishgan.
Qayd etilishicha, Makron Putinni Ukrainadagi urushda sulh tuzishga imkon qadar tezroq rozi boʻlishga chaqirgan. Shu bilan birga, u Fransiyaning Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini qatʼiy qoʻllab-quvvatlashini eslatgan.
Putin esa Ukrainadagi urush uchun javobgarlikni Gʻarbga yuklagan hamda Makronga bu mojaro Gʻarb davlatlari siyosatining bevosita natijasi ekanligini aytgan. Bundan tashqari, Rossiya yetakchisi Ukraina boʻyicha mumkin boʻlgan tinchlik bitimini keng qamrovli boʻlishini va yangi hududiy haqiqatlarga tayanilishini bildirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring