Makkada “Oʻzbekiston” birinchi oʻzbek milliy taomlari restorani ochiladi
Oʻzbekistonning Jiddadagi Bosh konsulligida Saudiya Arabistonida tadbirkorlik bilan shugʻullanayotgan vatandoshimiz Xayrullo Ikromov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Muloqot chogʻida Oʻzbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, xorijda yashayotgan vatandoshlar bilan munosabatlarni mustahkamlash, investitsiyaviy va sayyohlik muhitining jozibadorligini oshirish boʻyicha qilinayotgan ishlar haqida batafsil maʼlumot berildi.
Oʻz navbatida, Xayrullo Ikromov Oʻzbekistonda kechayotgan yangiliklarni doim kuzatib borishini, jumladan, ilm-fan, madaniyat va sport sohalarida erishilgan yuksak natijalar bilan faxrlanishini taʼkidladi.
“Xorijda uzoq yillardan beri restoran biznesi bilan shugʻullanib kelaman. Makkada oʻzbek milliy taomlariga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib, ushbu shaharning markaziy qismida yangi tamaddixona ochyapmiz. Ushbu restoranga “Oʻzbekiston” deb nom qoʻydik”, dedi u.
Yangi tashkil etilayotgan restoranga bosh oshpaz, nonvoy va boshqa xodimlarni Oʻzbekistondan jalb etishga kelishib olindi.
Makka shahridagi “Oʻzbekiston” birinchi milliy taomlar restoranining rasmiy ochilish marosimi 28-noyabr kuni boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring