Mayning faoliyati bilan shugʻullanish qonunchilik bilan tartibga solingan
Adliya vazirligi tomonidan “Mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan.
Ushbu nizom bilan mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish hamda uning faoliyatini tashkil etish tartibi belgilangan.
Bunda talabgor (mayning bilan shugʻullanish maqsadida ruxsatnoma olish uchun murojaat qiluvchi yuridik shaxs) ruxsatnoma olish uchun axborot tizimiga Yagona identifikatsiya tizimi (OneID) orqali kirib, arizani elektron ravishda toʻldiradi.
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (vakolatli organ) tomonidan ruxsatnoma berish yoki berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ariza va belgilangan maʼlumotlar hamda hujjatlar toʻliq taqdim etilgan kundan eʼtiboran 20 kun ichida qabul qilinadi.
Arizani koʻrib chiqish hamda ruxsatnoma rasmiylashtirish uchun yigʻim undirilmaydi. Ruxsatnoma 5-yil muddatga beriladi.
Ruxsatnoma vakolatli organ tomonidan qaror qabul qilingan kundan boshlab bir kun ichida QR-kod qoʻyilgan holda elektron hujjat tarzida rasmiylashtiriladi.
Mayning faoliyati faqat yuridik shaxs tomonidan quyosh fotoelektr stansiyalari orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasidan foydalangan holda amalga oshiriladi, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Maynerlar isteʼmol qilingan elektr energiyasini hisobga olish uskunasini oʻrnatib, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda yagona elektr energetika tizimiga ulanishi mumkin.
Ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.
Shuningdek, elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanish, hisobga olish asboblariga, ularning plombalariga shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish oʻgʻrilik yoki oz miqdorda talon-toroj qilish sifatida baholanib, javobgarlikka sabab boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Irodani qanday mustahkamlash mumkin?
- “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo yosh yetakchilar konferensiyasi: Barqaror suv harakati paradigmasini oʻzgartirish” mavzusida Toshkent shahrida oʻtkaziladi
- TDSI Turkiyaning nufuzli universiteti bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻydi
- Eng ko‘p bahslarga sabab bo‘lgan “Oltin to‘p” Rodriga nasib qildi
- Oʻzbekiston qonunchiligida 1-noyabrdan nimalar oʻzgaradi?
- Fargʻonada fuqaro suv taʼminoti xodimini urib jagʻini sindirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring